
Mashhur TikTok platformasi foydalanuvchilar, ayniqsa yosh avlodning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘ini yaxshilashga qaratilgan navbatdagi yangilikni joriy etdi. Yangi funksiyaga ko‘ra, endilikda 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilar uchun har kech soat 22:00 dan keyin avtomatik ravishda nafasni nazorat qilishga qaratilgan maxsus meditatsiya mashqlari faollashadi.
Dam olish, nafas va uyqu — ekran orqali
Funksiya faollashganida ekranda tinchlantiruvchi musiqa sadolari ostida foydalanuvchiga sog‘lom dam olish, nafas olishni boshqarish va tunda organizmni tiklash bo‘yicha muloyim tavsiyalar paydo bo‘ladi. TikTok bu funksiya orqali yoshlarning tunda platformadan ortiqcha foydalanishining oldini olish va uyqu sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishni maqsad qilgan.
Kattalarga ham tanlov erkinligi berilgan
Voyaga yetgan foydalanuvchilar ushbu funksiyadan foydalanishni ilovadagi “Ekran vaqti” bo‘limi orqali mustaqil ravishda faollashtirishlari mumkin. Shuningdek, ular nafaqat vaqtini tanlash, balki istalgan vaqtda eslatmalarni sozlash imkoniyatiga ham ega.
Ruhiy sog‘lomlik uchun 2,3 million dollarlik dastur
TikTok ushbu yangilikni o‘zining keng qamrovli “Ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlash” tashabbusi doirasida joriy qilgan. Kompaniya 2,3 million dollar sarflab, platformani faqat ko‘ngilochar emas, balki foydali va tarbiyaviy mazmundagi videokontentlar orqali ham ruhiy barqarorlikni ta’minlash vositasiga aylantirishni maqsad qilgan.
Zamin.uz tahririyatidan:
TikTokning ushbu qadami axborot texnologiyalari sog‘lom turmush tarziga qanday integratsiya bo‘lishi mumkinligini yaqqol ko‘rsatmoqda. Yoshlarning tunda uyali telefonlardan foydalanishini nazorat qilish va salomatlikni himoya qilish — bu nafaqat ota-onalar, balki texnologik kompaniyalarning ham javobgarligiga aylangan. Siz bu funksiyani o‘rtaga yoshdagi foydalanuvchilar uchun ham majburiy qilishni ma’qullarmidingiz? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar