
Gigabyte Technology kompaniyasi GeForce RTX 5090 videokartasi asosida tayyorlangan yangi tashqi videokartasi — Aorus RTX 5090 AI Box'ni taqdim etdi, deb Overclockers xabar berdi.
Ushbu qurilma eng kuchli tashqi grafik modullardan biri bo‘lib, mobil emas, balki to‘liq desktop versiyasidagi RTX 5090 3D-uskundasiga ega. U Thunderbolt 5 orqali ulanadi.
Qurilma ichida Gigabyte muhandislari noma’lum quvvatdagi elektr bloki va suyuqlikli sovutish tizimini ham joylashtirishgan. Uskunada DisplayPort 2.1 (3 ta), HDMI 2.1, RJ-45 Ethernet, ikki dona USB 3.2 Gen2 Type-A va bir dona USB Type-C portlari mavjud.
Thunderbolt 5 interfeysi Bandwidth Boost rejimida bir yo‘nalishda 120 Gbit/s gacha, ikkinchisida esa 40 Gbit/s gacha o‘tkazuvchanlikni ta’minlaydi.
Gigabyte bu tashqi videokartani yaqin oylarda sotuvga chiqarishni rejalashtirgan. Qurilmaning taxminiy narxi $3000–4000 (37–49 mln so‘m) bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar