date
views 90

Instagram iPad uchun ilova chiqarmoqda – 2025 yilda taqdim etiladi

Instagram iPad uchun ilova chiqarmoqda – 2025 yilda taqdim etiladi
Meta kompaniyasi iPad uchun moslashtirilgan Instagram ilovasini 2025 yilda taqdim etishni rejalashtirmoqda, deb Rozetked.me xabar berdi.

Mark Gurmanning so‘zlariga ko‘ra, jurnalistlar Kaya Yurieff va Kallie Huangga tayanib, kompaniya ichida ushbu ilovaning yopiq sinovlari boshlangan.

Yangi ilova katta ekranlar uchun optimallashtirilgan interfeysga ega bo‘ladi. Unda lenta, stories va jonli efirlarni ko‘rish, shuningdek, foto va videolarni tahrirlash yanada qulay bo‘ladi. Landshaft holatni qo‘llab-quvvatlashi va Apple Pencil bilan ishlashi kutilmoqda.

Meta hozirda iPad’da ishlatilayotgan web-versiya va tortilgan iPhone ilovasidagi noqulayliklarni bartaraf etmoqchi. Aniq sana e’lon qilinmagan, biroq ishga tushirilishi 2025 yil ikkinchi yarmiga belgilangan.

Ma’lumot uchun, yaqinda WhatsApp ham iPad uchun alohida ilova ko‘rinishida chiqdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram iPad uchun ilova chiqarmoqda – 2025 yilda taqdim etiladi