date
views 64

Google Pixel’da ekranni o‘chirish endi ancha oson bo‘ladi

Google Pixel’da ekranni o‘chirish endi ancha oson bo‘ladi
Google kompaniyasi Android 16 tizimida Pixel smartfonlari uchun ekranni ikki marta bosish orqali o‘chirish funksiyasini joriy qilmoqda, deb Rozetked xabar berdi. Ushbu funksiya “Tizim” → “Imo-ishoralar” bo‘limi orqali faollashtiriladi va faqat blokirovka ekranida ishlaydi.

Xiaomi va OnePlus smartfonlarida bu funksiya ancha oldindan mavjud edi, Google esa endigina ushbu qulaylikni o‘z qurilmalariga joriy qilmoqda. Bu, xususan, bildirishnomalar yoki vidjetlardan so‘ng ekranni tez o‘chirish uchun foydalidir.

Hozircha Android 16 QPR1 versiyasida bu funksiya faqat blokirovka ekrani uchun mo‘ljallangan, ammo kelgusidagi yangilanishlarda bosh ekran uchun ham joriy etilishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Pixel’da ekranni o‘chirish endi ancha oson bo‘ladi