Google Pixel smartfonlaridagi cheksiz qayta yuklanish muammosi hal etilmadi

1 daqiqa o'qish190
Google Pixel smartfonlaridagi cheksiz qayta yuklanish muammosi hal etilmadi

Google kompaniyasi Pixel smartfonlari egalarini qiynayotgan jiddiy nosozlik boʻyicha surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda. Joriy yilning mart oyidan buyon Pixel 6 dan Pixel 10 gacha boʻlgan modellar foydalanuvchilari qurilmalarning cheksiz qayta yuklanish (bootloop) holatiga tushib qolayotganidan shikoyat qilishmoqda. Mazkur xatolik sababli smartfonlar Google logotipida qotib qolishi yoki PIN-kod kiritilgandan soʻng darhol oʻchib yonishi kuzatilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Baʼzi holatlarda qurilmalar hatto tiklash rejimiga (recovery mode) kirishga ham imkon bermayapti, bu esa dasturiy taʼminotni yangilash orqali muammoni bartaraf etishni imkonsiz qilmoqda. Google foydalanuvchilarga yoʻllagan rasmiy xatida mart, aprel va may oylaridagi yangilanishlardan soʻng yuzaga kelgan ushbu nosozlik ustida ish olib borilayotganini tasdiqladi va koʻrsatilgan sabr-toqat uchun minnatdorchilik bildirdi.

Kompaniya vakillari har bir holat oʻziga xos ekanligini taʼkidlab, foydalanuvchilarga Pixel mijozlarni qoʻllab-quvvatlash xizmati bilan bevosita bogʻlanishni tavsiya qilmoqda. Murojaat vaqtida muammoni aniq tavsiflash (masalan, "dasturiy yangilanishdan keyingi cheksiz qayta yuklanish") mutaxassislarga yechim topishda yordam beradi. Hozirda Google Issue Tracker platformasida ushbu mavzu boʻyicha 800 dan ortiq izoh qoldirilgan.

Dastlab Google ushbu xatolikni may oyidagi xavfsizlik yangilanishi bilan tuzatishni rejalashtirgan edi, biroq muammo hamon dolzarbligicha qolmoqda. Shuningdek, kompaniya foydalanuvchilarga Android 17 beta-versiyalarini oʻrnatmaslikni maslahat bermoqda, chunki sinov talqinlari vaziyatni yanada ogʻirlashtirishi mumkin. Hozircha yakuniy tuzatish muddati ochiqlanmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?