
OpenAI kompaniyasi ChatGPT uchun yangi funksiyalarni e’lon qildi, deb Rozetked xabar berdi. Bu yangiliklar Plus, Pro, Enterprise va Team tariflari uchun joriy etilmoqda. ChatGPT endi Google Drive, Gmail, Outlook, Teams, SharePoint, Dropbox, Box kabi xizmatlar bilan to‘liq integratsiyalashadi.
ChatGPT hujjatlarni qidirib, tahlil qilib, masalan: «Kompaniyamizning o‘tgan yil birinchi choragidagi daromadlari qanday?» kabi savollarga aniq javob topishi mumkin.
Eng asosiy yangiliklardan biri — macOS Team foydalanuvchilari uchun ishga tushirilgan “yozuv rejimi” (record mode). U orqali uchrashuvlar, qo‘ng‘iroqlar yoki ovozli eslatmalarni yozib olib, ularni matnga aylantirish, asosiy fikrlarni ajratish va vazifa shaklida ishlab chiqish mumkin.
Shuningdek, administratorlar uchun Model Context Protocol (MCP) nomli yangi beta-funktsiya joriy qilindi. Bu kompaniya ichki tizimlari bilan xavfsiz integratsiyani ta’minlaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar