
WhatsApp ilovada reklama ko‘rsatishni boshlaydi, deb Rozetked.me xabar berdi.
Kompaniya 2014 yilda messenjerda hech qachon reklama bo‘lmasligini va’da qilgan edi. Endi esa kelgusi oylar davomida “Status” bo‘limida reklama joylashtiriladi. Bu reklamalar “Yangilanishlar” sahifasida aks etadi va asosiy chatdan ajratilgan bo‘ladi.
Bundan tashqari, bizneslar o‘z kanallarini ilova orqali reklama qilish uchun to‘lov qilishi mumkin. Kanal egalari esa eksklyuziv kontent uchun obunachilardan haq olish huquqiga ega bo‘ladi.
WhatsApp ta’kidlashicha, faqatgina xabar almashish uchun foydalanuvchilar uchun hech narsa o‘zgarmaydi. Barcha yangiliklar “Yangilanishlar” bo‘limi bilan chegaralangan va uni sozlamalarda o‘chirib qo‘yish mumkin.
Kompaniya foydalanuvchi yozishmalarini tahlil qilmasligini, faqat til, qurilma joylashuvi va obuna qilingan kanallardan reklama maqsadida foydalanilishini bildirgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar