7 055
Evropada eng yirik avtomobil kompaniyalari yagona elektrozapravkalar tarmog‘ini yaratishadi
Germaniyaning Daimler avtokonserni Evropada elektromobillarga mo‘ljallangan yagona quvvatlantirish stansiyalari tarmog‘ini ishlab chiqish va foydalanishga kiritish bo‘yicha birlashgan loyiha haqida ma’lum qildi. Kompaniya matbuot relizida xabar berilishicha, bunday “o‘zaro tushunarli memorandum” BMW Group, Daimler AG, Ford Motor Company va Volkswagen Group vakillari, shuningdek, Audi va Porsche top-menejerlari tomonidan imzolangan.
"Eng asosiy vazifa – qisqa muddatlarda elektromobil egalarining uzoq masofalarga sayohat qilish imkonini beruvchi quvvatlantirish stansiyalarini yaratishdan iborat, - deyiladi matbuot-relizida. – Bu elektromobillarni ommaviy bozorga integrasiya qilishni yengillashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘ladi".
Avtokonsern bayonotiga ko‘ra, birlamchi rejaga ko‘ra 2017 yilda 400 stansiyani yaratish ko‘zda tutilgan. Loyiha mualliflari 2020 yilda “katta quvvatdagi mingta zaryad nuqtalarini” foydalanishga topshirishga umid bildirishmoqda. Ular asosan katta avtomobil magistrallari va shosselarda joylashtiriladi.
"Rejadagi yuqori tezlikdagi zaryadkaning ehtimoliy quvvati 350 kVt.ni tashkil etadi. Bu energiya zaxirasini tezda tiklash imkonini yaratadi", - ta’kidlaydi Daimler. Zaryad qurilmalarida Evropaning CCS (Combined Charging System) standarti qo‘llaniladi. Uning quvvati har bir avtomobilga alohida moslashtiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»