14:54 / 30.11.2016
7 059

Samsung Galaxy S8 avtofokusli yangi selfi kameraga ega bo‘ladi

Samsung Galaxy S8 avtofokusli yangi selfi kameraga ega bo‘ladi

Samsung Galaxy S8 haqida so‘nggi paytlarda internet tarmog‘ida ancha ko‘p tafsilotlar e’lon qilinmoqda. Hatto yaqinda Xitoydagi ijtimoiy tarmoqlarning birida ushbu flagmanning taxminiy suratlari ham paydo bo‘lgan edi.

Kecha Janubiy Koreyaning IT sohasiga doir yangiliklarni yoritadigan KoreaIT News caytida Samsung Galaxy S8 modeliga tegishli yana bir yangilik haqida xabar berildi. Nashrda yozilishicha, Samsung kompaniyasining navbatdagi flagmani avtofokus funksiyaga ega selfi kamera bilan jihozlanishi mumkin ekan. Umuman olganda, bu funksiya smartfon sanoatida yangilik emas, biroq juda kam uchrashini tan olish lozim.

Shuningdek, kamera modulining hajmini kamaytirish maqsadida Samsung yangi smartfonda boshqa turdagi aktuatordan foydanishni rejalashtirgan. Hozircha model kamerasi haqida boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Samsung Galaxy S8 avtofokusli yangi selfi kameraga ega bo‘ladi