date

Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi


Xitoyda maxfiy harbiy operatsiyalar uchun chivin o‘lchamidagi dron ishlab chiqildi. Bu haqda Xitoyning South China Morning Post nashri xabar berdi.
Dron Xunan provinsiyasidagi Milliy mudofaa texnologiyalari universiteti (NUDT) robototexnika laboratoriyasi tomonidan yaratilgan. U axborot razvedkasi va jang maydonidagi maxsus missiyalar uchun juda mos keladi.
Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi
Harbiy qurilmada qo‘nish uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan soch tolasidek ingichka uchta “oyoqcha” mavjud. Bu turdagi dronlar, ehtimol, shahardagi janglarda, qidiruv-qutqaruv yoki elektron kuzatuvda qo‘llanishi mumkin.

Dronlar parvozi sezilmasligi mumkin, shu sababli yashirin urushda, josuslikda yoki taktik razvedkada muhim ahamiyatga ega. Uni smartfon orqali boshqarish mumkin bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda eng kichik seriyali harbiy dron Norvegiyaning PD-100 Black Hornet bo‘lib qolmoqda, uning uzunligi 100 mm va og‘irligi 18 gramm. Ushbu qurilma 5 m/s gacha tezlikka erishish, operatordan 1 km gacha masofada ishlash va havoda 25 daqiqagacha bo‘lish qobiliyatiga ega.

Xitoy ishlanmasi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, maxfiylik va manyovrchanlik bo‘yicha Norvegiya dronini ortda qoldirishi mumkin. Hozircha yangi dronning aniq texnik xususiyatlari noma‘lum.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoyda chivindek keladigan harbiy dron ishlab chiqildi