
Telegram asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegramdagi kanalida yiliga 1 million dollar maosh to‘lanadigan Android dasturchi kerakligi haqida xabar qoldirdi.
Xabarda dasturchilik lavozimiga faqatgina maxsus kod yozish tanlovida g‘olib chiqqan ishtirokchining arizasi qabul qilinishi va tanlov 2025-yil 11-iyulgacha davom etishi ma'lum qilingan.
Hozirda Telegram tomonidan tanlov tafsilotlari, texnik topshiriqlar va talablar bo‘yicha maxsus sahifa ham ochilgan. Tanlovda qatnashuvchilarga samarali, tezkor va xavfsiz kod yozish bo‘yicha murakkab vazifalar beriladi.
Telegram dunyo bo‘yicha bir milliarddan ortiq foydalanuvchiga ega va uning xavfsizlik darajasi, tezkor ishlashi ko‘plab foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholanadi. Kompaniya hozirda aynan shu ustunliklarni yanada kuchaytirish ustida ishlamoqda.
Durov ilgari ham o‘z loyihalariga eng yaxshi mutaxassislarni jalb qilish uchun tanlov e’lon qilgan. 2019-yilda u xuddi shunday saralash orqali dasturchilarni ishga olgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar