
Kembrij universiteti olimlari insonning teri hissini aniq aks ettiradigan ilg‘or sun’iy teri yaratishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu yangi texnologiya nafaqat robototexnika sohasida ulkan ildamlashni ta’minlashi, balki kelajakda insonlar uchun yanada tabiiyroq protezlar yaratishga yo‘l ochadi.
Mutaxassislar bu teri modelini yaratish uchun yupqa gidrogel plyonkadan foydalandilar. Unda juda ko‘p miqdorda yuqori sezuvchanlikka ega sensorlar joylashtirilgan bo‘lib, har xil tashqi ta’sirlarni — masalan, bosim, issiqlik yoki kesilishni — aniq his qiladi.
Tadqiqotchilar neyron tarmoq yordamida bu sun’iy teriga inson teridagi kabi ta’sirlarni tanib olishni "o‘rgatdilar". Ushbu jarayonda plyonkaga alohida testlar qo‘llanildi — uni olovga tutdilar, ustiga bosim berishdi va hatto kesish orqali tajriba o‘tkazishdi.
Natijada, bu texnologiya kelgusida insonning to‘liq his etish qobiliyatini tiklaydigan sun’iy a’zolar, shuningdek, teginish hissi orqali murakkab harakatlarni amalga oshiradigan robotlarni yaratish imkonini beradi.
Olimlarning ta’kidlashicha, bunday "his eta oladigan" robotlar yaqin kelajakda tibbiyot, xavfli muhitda ishlash, keksalarga xizmat ko‘rsatish va hatto harbiy sohalarda ham keng qo‘llanilishi mumkin.
Bu dastlabki qadam bo‘lsa-da, inson va mashina o‘rtasidagi chegarani yanada qisqartirish yo‘lida muhim bir ilmiy yutuq sifatida baholanmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar