date

ChatGPT tufayli yosh mutaxassislarga ish topish qiyinlashdi

ChatGPT tufayli yosh mutaxassislarga ish topish qiyinlashdi
2022-yil noyabr oyida ChatGPT ishga tushirilganidan beri Buyuk Britaniyada yosh mutaxassislar uchun yangi ish o‘rinlari deyarli uchdan bir qismga kamaydi, deb xabar bermoqda Uz24.uz sayti The Guardian gazetasi ma’lumotlariga tayanib.

Kompaniyalar endi talabalarni yollash o‘rniga, maxsus ko‘nikmalar talab qilmaydigan vazifalarni bajarishda sun’iy intellektdan foydalanmoqda. Bu esa bitiruvchilar, amaliyotchilar va oliy ta’limni hali tugatmagan shaxslar uchun boshlang‘ich ish o‘rinlari sonining 32%ga qisqarishiga olib keldi.

Boshlang‘ich darajadagi bo‘sh ish o‘rinlari hozirda Buyuk Britaniya mehnat bozorining 25%ini tashkil qilmoqda, 2022-yilda bu ko‘rsatkich 28,9% edi.

Yoshlar uchun eng katta pasayish chakana savdo sohasida kuzatilgan — 2022-yil noyabridan beri 78%ga kamaygan. IT sohasida 55%, buxgalteriya va moliya yo‘nalishlarida esa 51% kamayish qayd etilgan.

Anthropic sun’iy intellekt ishlab chiqaruvchi kompaniyasi rahbari Dario Amodei, yaqin 5 yil ichida ushbu texnologiya barcha boshlang‘ich darajadagi ofis ish o‘rinlarining yarmini yo‘qotishi, natijada ishsizlik 10–20%ga oshishi mumkinligidan ogohlantirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » ChatGPT tufayli yosh mutaxassislarga ish topish qiyinlashdi