Sir emas, xitoylik smartfon ishlab chiqaruvchilar ba’zida kutilmagan xususiyatga ega qurilmalar bilan barchani hayron qoldirishadi. Bu gal hali unchalik yaxshi tanilmagan Xitoyning YAAO kompaniyasi kuchli batareya bilan jihozlangan YAAO 6000 Plus smartfonini namoyish etdi.
Terabayt sayti yozishicha, YAAO 6000 Plus modeliga 5,5 dyuymli HD (720 x 1280 piksel) ekran, 13 MPli asosiy va 5 MPli old kamera o‘rnatilgan. Qurilma to‘rt yadroli MediaTek MT6735 prosessorida ishlaydi. Operativ xotirasining sig‘imi 1 GB. Shuningdek, 16 GBli ichki xotira ham ko‘zda tutilgan.
Qurilma Alibaba tomonidan Android bazasida yaratilgan YunOS dasturida faoliyat ko‘rsatadi. Ikkita SIM-karta ishi va LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlaydi. YAAO 6000 Plus 5 dekabrda Xitoyda sotuvga chiqarilishi ma’lum qilingan. Narxi 218 dollar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Peskov: Maxsus harbiy operatsiya Rossiya maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerak
Putin rossiyaliklarga murojaat qildi: “Barcha rejalashtirilgan maqsadlarga erishiladi”
Bayden Isroilning Eron yadroviy inshootlariga zarba berishini qo‘llab-quvvatlamasligini bildirdi
Husiylar Tel Avivning chekka hududlariga hujum qildi
Selena Gomes o‘zining milliarderlik maqomiga munosabat bildirdi
HAMAS Tel-Avivdagi terakt uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi
Mikroto‘lqinli pechda ovqat isitish sog‘liq uchun zararlimi?
Rossiya armiyasi Ukrainaning «qal’a shahri» Vuhledarni egalladi