date

O‘zbekiston va Rossiya dronchilari Termizda mashq o‘tkazdi

O‘zbekiston va Rossiya dronchilari Termizda mashq o‘tkazdi
O‘zbekiston va Rossiya harbiy dronchilari “Hamkorlik-2025” qo‘shma mashg‘ulotlari doirasida bronetexnikaga zarba berish bo‘yicha mashqlarni bajardi, deb Kursiv TASS agentligiga tayanib xabar berdi. Mashg‘ulotlar “Termiz” poligonida bo‘lib o‘tmoqda.

Mashg‘ulotlar davomida ikki davlat harbiylari turli turdagi dronlardan, jumladan FPV-dronlardan foydalandi. Shuningdek, Rossiya harbiylari yuk yetkazish va shartli yaradorlarni evakuatsiya qilish uchun robotlashtirilgan kompleksdan foydalandi.

Ma’lumot uchun, joriy yil iyul oyida O‘zbekistonda chegara xodimlarini tayyorlash uchun mo‘ljallangan maxsus uchuvchisiz tizimlar kompleksi ishga tushirilgan edi. Uning yordamida harbiylar turli holatlarda dronlardan foydalanishni o‘rganmoqda.

2023-yilda esa Prezident Shavkat Mirziyoyevga O‘zbekiston armiyasining ixtiyorida bo‘lgan dronlar taqdim etilgan. Ular orasida turkcha Bayraktar TB2 hamda xitoylik Wing Loong dronlari mavjud.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » O‘zbekiston va Rossiya dronchilari Termizda mashq o‘tkazdi