Kuni kecha Xitoyning telekommunikasiya qurilmalarini ro‘yxatga olish bazasida ikkita displeyga ega Hisense A2 smartfoni paydo bo‘ldi. Model mashhur YotaPhone uslubidan ishlangan, ikki tomondan AMOLED va E-Ink displeylari bilan jihozlangan.
Smartfonning orqasida joylashgan 5,2 dyuymli E-Ink ekranida fon rasmi, xaridlar ro‘yxati, soat kabi qo‘shimcha ma’lumotlarni ko‘rish mumkin, albatta bu orqali batareya quvvatini sezilarli darajada tejash mumkin, deb yozmoqda Terabayt.uz sayti.
Hisense A2 qurilmasining old tomoniga 5,5 dyuymli Full HD aniqligidagi AMOLED ekran o‘rnatilgan, asosiy kamera sensorining aniqligi 16 MP. Old kamerasi 5 MP. Model sakkiz yadroli prosessor yordamida ishlaydi, 4 GB operativ va 64 GB doimiy xotira bilan ta’minlangan. Akkumulyator sig‘imi – 3000 mA/soat. Gadjet Android 6.0 Marshmallow dasturida faoliyat ko‘rsatishi ma’lum qilingan.
Hozircha modelning qachon taqdim etilishi noma’lum. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi