23:01 / 05.12.2016
6 275

Google’ning sobiq rahbari kompaniyaga ishga olishda beriladigan savolga javob berolmadi

Google’ning sobiq rahbari kompaniyaga ishga olishda beriladigan savolga javob berolmadi

Alphabet xoldingi direktorlar kengashi raisi, Google’ning sobiq rahbari Erik Shmidt, avvalroq ushbu kompaniya xodimlarni ishga olishda so‘ragan an’anaviy savollardan biriga javob qaytara olmadi. Top-menejer nomzodlarga bunday savollarni berish maqbul emas, deb fikr bildirgan.

Terabayt.uz caytining yozishicha, Shmidt noyabr oyining avvalida Summit at Sea nomli konferensiyada ma’ruza qiladi. Konferensiya paytida undan o‘z vaqtida Google’ga ishga olishda beriladigan savolga javob berish so‘raladi. Biroq kompaniyaning sobiq rahbari savolni yana qayta berish, aniqlik kiritishni so‘rash bilan vaqtni cho‘zishga harakat qiladi.

Savol esa quyidagicha edi: Siz qaroqchilar kemasining kapitanisiz, tasavvur qiling, siz bir sandiq oltin topib oldingiz. Jamoangiz xazinani bo‘lishga shaylanmoqda. Agar sizning taklifingizni qaroqchilarning yarmidan kami qo‘llab-quvvatlasa, o‘lishingiz aniq. Xo‘sh, tirik qolish va xazinaning ma’lum qismiga ega bo‘lish uchun uni qay tarzda taqsimlagan bo‘lardingiz?

Hozir Google kompaniyasida yangi xodimlarni ishga qabul qilishda bunday mantiqiy savollar so‘ralmaydi. Sababi ular nomzodning layoqatini to‘liq baholashga yordam bermaydi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google’ning sobiq rahbari kompaniyaga ishga olishda beriladigan savolga javob berolmadi