date

Xitoylik talaba chivinga o‘xshash dron yaratdi

Xitoylik talaba chivinga o‘xshash dron yaratdi
Xitoy Milliy mudofaa texnologiyalari universiteti talabasi Lyan Xesyan o‘zining ajoyib ixtirosi – chivin ko‘rinishidagi mikrodronni ommaga taqdim etdi. Uning tashqi ko‘rinishi va harakatlanish mexanizmi haqiqiy hasharotlarning anatomiyasini juda aniq takrorlaydi, bu esa uskunaga yashirin harakat va noyob qo‘nish imkoniyatini beradi.

Bu dronning eng asosiy afzalligi – uning ko‘zga tashlanmasligi. Shu jihati uni maxsus operatsiyalarda maxfiy ma’lumot to‘plashda ajralmas vositaga aylantiradi. Ixtiro tubdan yangicha yondashuvga asoslangan bo‘lib, uning korpusiga mikrohajmdagi elektron komponentlar – datchiklar, aloqa modullari, boshqaruv sxemalari va energiya manbalari joylashtirilgan.

U havoda mustaqil parvoz qilib, hasharot qanotlariga xos manevrlarni amalga oshiradi. Uchta nozik oyoqcha esa uning turli yuzalarga mustahkam qo‘nishini ta’minlaydi. Dron masofadan boshqarilib, hatto smartfon orqali real vaqtda ma’lumot uzatishi ham mumkin.

Mutaxassislar bu texnologiya yaqin kelajakda jang maydonlarida ham, fuqarolik sohalarida ham faol qo‘llanilishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Yashirin kuzatuv, axborot to‘plash va xavfsizlik sohasida bu mikrodron muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xitoylik talaba chivinga o‘xshash dron yaratdi