
Google kompaniyasi sun’iy intellekt yordamida biznes telefon qo‘ng‘iroqlariga javob beradigan yangi “AI Call” funksiyasini joriy etdi, deb xabar beradi TechCrunch. Bu xizmat Google’ning Gemini sun’iy intellekt modeli asosida ishlaydi va mijozlar bilan avtomatik muloqot qilish imkonini beradi.
Yangi imkoniyat Gemini 2.5 Pro modeli orqali amalga oshiriladi va Android tizimidagi “AI Mode” rejimida ishlaydi. Qo‘ng‘iroq bo‘lganda, Gemini mijoz so‘rovlariga javob beradi, kerakli ma’lumotlarni beradi va ehtiyoj tug‘ilsa, inson operatoriga ulaydi.
Google bu xizmatni aynan kichik va o‘rta bizneslar uchun ishlab chiqqanini ma’lum qildi. Endilikda kompaniyalar o‘z mijozlariga kecha-kunduz xizmat ko‘rsatish imkoniga ega bo‘ladi.
AI Call hozircha faqat AQShda sinov tariqasida ishga tushirilgan. Keyinchalik boshqa mamlakatlarda ham foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Bu esa Gemini modelining tijoratga qaratilgan dastlabki amaliy ishlanmalaridan biridir. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar