eVTOL texnologiyalari bilan shug‘ullanuvchi Air kompaniyasi AQShdagi kengayish va innovatsion drontaksi loyihalarini rivojlantirish uchun 23 million dollar (taxminan 290,7 milliard so‘m) sarmoya jalb qildi, deb TechCrunch.com xabar berdi.
Bu mablag‘lar Air kompaniyasining elektr vertikal uchish va qo‘nish qurilmalari (eVTOL) bo‘yicha ishlanmalarini bozorga chiqarish va tijoriylashtirish uchun sarflanadi.
Air allaqachon o‘zining “Air One” nomli ikki o‘rinli drontaksi prototipini namoyish qilgan va 2025 yilda ilk yetkazib berishlarni boshlashni rejalashtirmoqda.
Kompaniya ushbu sarmoya orqali AQShda ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirib, litsenziyalash jarayonlarini ham tezlashtirishni ko‘zlamoqda.
Air rahbariyatining aytishicha, bu qadam kompaniyani global eVTOL bozorida yetakchi o‘rinlardan biriga yaqinlashtiradi.
Sarmoya raundi Terra Venture Partners va Harmony Partners kabi fondlar ishtirokida amalga oshirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!