date

Fransuzlarning Rafale samolyoti qanday qilib Xitoy qurollari yordamida urib tushirildi - tahlil

Fransuzlarning Rafale samolyoti qanday qilib Xitoy qurollari yordamida urib tushirildi - tahlil

2025-yil 7-may kuni Pokiston va Hindiston o‘rtasidagi eng yirik havo janglaridan biri sodir bo‘ldi. Pokiston Harbiy havo kuchlari Xitoyning J-10C qiruvchi samolyotlari yordamida Hindistonning Fransiyada ishlab chiqarilgan eng zamonaviy Rafale samolyotini urib tushirdi. Bu hodisa G‘arb harbiy texnologiyalarining samaradorligi va Xitoy qurollarining imkoniyatlari yuzasidan global bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi.

Yaqin tarixdagi eng yirik havo jangi sifatida qayd etilgan bu to‘qnashuvda taxminan 110 ta harbiy samolyot ishtirok etgan. Reuters'ga ko‘ra, jang markazida Pokistonning J-10C samolyotlari Xitoyda ishlab chiqarilgan uzoq masofali PL-15 raketalari yordamida Hindistonning Rafale samolyotini nishonga oldi.

Mahalliy va xalqaro ekspertlar bu urushda texnik ustunlikdan ko‘ra, "situatsion xabardorlik" hal qiluvchi omil bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Pokiston jang maydonini havo, quruqlik va kosmik kuzatuv vositalari orqali yagona tarmoqqa birlashtira oldi. Bu esa unga dushman harakatlarini oldindan aniqlab, aniq nishonga olish imkonini berdi.

Hindistonning muhim razvedka xatosi jang taqdirini belgiladi. Ular PL-15 raketasining faqat 150 km masofani bosib o‘tishi mumkin, deb hisoblashgan edi. Aslida esa, bu raketa 200 km va undan ortiq masofadan urib tushirish qobiliyatiga ega bo‘lib chiqdi.

Bundan tashqari, Pokiston o‘zining "kill chain" (nishonni aniqlashdan yo‘q qilishgacha bo‘lgan tarmoq) tizimini samarali yo‘lga qo‘ya oldi. Bu tarmoqda Xitoy va Shvetsiya ishlab chiqargan kuzatuv vositalari birgalikda ishlagan. Pokistonlik uchuvchilar o‘z radarlari yoqilmagan holatda ham aniqlik bilan harakatlana oldilar.

Rafale samolyotining yo‘qotilishi Hindiston harbiy kuchlarining siyosiy va texnologik strategiyasiga zarba berdi. Biroq Hindiston tezda yangi taktikalarni ishlab chiqdi va keyingi kunlarda Pokistonning harbiy obyektlariga javob zarbalari berdi. Ayniqsa, hind BrahMos raketalari orqali bir nechta radar va aerodromlarga zarba berilgan.

Xitoy esa bu holatdan strategik foyda ko‘rmoqda. J-10C va PL-15 samaradorligi isbotlangach, boshqa davlatlar ham Xitoy qurollariga qiziqish bildira boshladi. Masalan, Indoneziya Rafale buyurtmasini qayta ko‘rib chiqmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fransuzlarning Rafale samolyoti qanday qilib Xitoy qurollari yordamida urib tushirildi - tahlil