USD: 12725.16   EUR: 14507.95   RUB: 158.65

Londonda Samsung mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi

date views 30 category Texno

Londonda Samsung mahsulotlari ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlandi
Koreyaning Yonhap agentligi xabar berishicha, Londondagi Xitrou aeroporti yaqinida Samsung‘ning mobil gadjetlari ortilgan yuk mashinasi o‘g‘irlangan. Jami 12 mingga yaqin qurilma yo‘qotilgan, jumladan, eng so‘nggi Galaxy Z Flip 7 va Fold 7 qatlanuvchi smartfonlari, Galaxy S25, Galaxy Watch 8 soatlari va arzon Galaxy A16 smartfonlar partiyasi.

Jami yo‘qotilgan mahsulotlar qiymati 10,6 million dollarga baholanmoqda.

Taxminlarga ko‘ra, ushbu o‘g‘irlik oldindan rejalashtirilgan, chunki yuk mashinasi tovar partiyasi aeroportga yetib kelganidan so‘ng deyarli darhol olib ketilgan. Britaniya politsiyasi tergovni boshladi va o‘g‘irlangan konteynerni topdi. Ammo nashrga ko‘ra, u konteyner ichida o‘g‘irlangan smartfonlar bor yoki yo‘qligi haqida ma’lumot berilmagan.



Manba: Rozetked

Mavzuga oid yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Ko'p o'qilganlar