date

Yangi orolda tartibni faqat AI boshqaradi

Yangi orolda tartibni faqat AI boshqaradi

Tinch okeanida "Islandiya-9" nomli mustaqil orol davlati tashkil etildi. Uning asosiy farqi — bu yerda an’anaviy hukumat yo‘q, barcha davlat boshqaruvi sun’iy intellekt tomonidan amalga oshiriladi. Mazkur loyiha xalqaro olimlar va tadbirkorlar jamoasi rahbari doktor Amal Chang boshchiligida ishlab chiqildi.

Aholisi 5 ming kishidan iborat orolda barcha qarorlar AEGIS nomli intellektual tizim orqali qabul qilinadi. U real vaqtda iqtisodiy, ekologik ma’lumotlarni tahlil qiladi va aholi o‘rtasida raqamli so‘rovlar o‘tkazib, shunga ko‘ra qarorlar qabul qiladi.

Masalan:

  • Tibbiyot va ta’lim sohalarida resurslar taqsimoti,

  • Iqtisodiy qarorlarning samaradorligi,

  • Ekologik xavflarni oldindan aniqlash.

Doktor Changning ta’kidlashicha, AEGIS inson huquqlari va aholining madaniy-axloqiy me’yorlarini inobatga oladi. Bu model siyosiy beqarorlik va global muammolarning oldini olishga yordam berishi mumkin.

Shu bilan birga, mutaxassislar ushbu modelni boshqa shahar va mintaqalarga joriy qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Biroq shunday tizimda inson huquqlari va texnologiya o‘rtasidagi muvozanatni saqlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Loyiha BMT va YEI kabi xalqaro tashkilotlar diqqatini tortgan. Yaqin ikki yil ichida AEGISning samaradorligi baholanib, keyinchalik global darajada qo‘llash rejalashtirilmoqda.



Manba: Peopletalk

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Yangi orolda tartibni faqat AI boshqaradi