
So‘nggi paytlarda Samsung Galaxy S8 haqida bir qator tafsilotlar ma’lum qilinmoqda. Jumladan, bundan bir necha avval modelning 2K ekranga ega bo‘lishi va unda an’anaviy Home tugmasidan voz kechilishi borasida xabar yozgan edik.
Terabayt.uz sayti yozishicha, yaqinda GSM Arena saytida yuqoridagilardan ham qiziq ma’lumot paydo bo‘lgan. Gap shundaki, Janubiy Koreya kompaniyasining navbatdagi flagmanida ham xuddi iPhone 7 singari 3,5 millimetrli audioslot mavjud bo‘lmaydi. Buning o‘rniga modelda USB Type-C sloti ko‘zda tutiladi. Bu degani telefonga naushnikni ulash uchun foydalanuvchi maxsus adapterni ishlatishi kerak bo‘ladi. 3,5 millimetrli audioslot qurilmadan olib tashlash nafaqat uni yupqaroq qilishga, balki sig‘imi kattaroq batareya o‘rnatishga ham imkon beradi.
Aytishlaricha, Samsung Galaxy S8 Harman tomonidan tayyorlangan stereodinamiklar bilan jihozlanar ekan. Agar ushbu xabar rost bo‘lib chiqsa, model ancha sifatli audio darajasiga ega bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar