date

Sun’iy intellekt bedarak yo‘qolgan shifokor jasadini topishga yordam berdi

Sun’iy intellekt bedarak yo‘qolgan shifokor jasadini topishga yordam berdi

Italiyaning shimolidagi Piyedmont hududida deyarli bir yil davomida izsiz yo‘qolgan shifokor Nikola Ivaldoning jasadi sun’iy intellekt va dron texnologiyalari yordamida aniqlandi, deb yozadi ndtv.com.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Italiyaning Milliy Alp va g‘or qutqaruv xizmati (CNSAS) 64 yoshli shifokorni topish uchun ancha vaqt davomida izlanishlar olib borgan. Bir yil mobaynida odatiy qidiruv texnologiyalari hech qanday samara bermagan.

Shundan so‘ng qidiruv ishlariga yangi avlod dronlari jalb etildi. Joriy yilning 29 iyul kuni ikki dron 5 soat davomida Piyedmontdagi to‘liq o‘rmon bilan qoplangan tog‘li maskanlarni kuzatdi. Ularning yig‘gan tasvirlari sun’iy intellekt tizimiga yuklandi va natijada “shubhali joylar” qisqa vaqt ichida belgilab berildi.

Bu jarayonda dron operatori Saverio Isola muhim rol o‘ynadi. Uning ta’kidlashicha, sun’iy intellekt tasvirlarda inson ko‘ziga deyarli namoyon bo‘lmagan, kamyob rangdagi piksellarni aniqlab, shifokorning dubulg‘asini tanib oldi. Bu element tog‘ sahnasida shunchalik kichik ko‘rinardiki, oddiy ko‘z bilan uni ko‘rish mumkin emas edi.

Aynan shu nuqtada qidiruv ishlari yanada jadallashdi. Harorat pastligi, yomg‘ir va tuman sabab operatsiya bir necha kunga to‘xtab qolgan bo‘lsa-da, 31 iyul kuni shifokorning jasadi maxsus mutaxassislar va dronlar ko‘magida topildi.

Qutqaruvchilar bu ishni ulkan yutuq deb baholashmoqda. Ularga ko‘ra, agar mazkur suratlar sun’iy intellektsiz tahlil qilinganida, natija oylab kechikkan bo‘lar edi. Saverio Isola bu haqda shunday degan:

“Bu shubhasiz insonlar sa’y-harakatining samarasidir. Ammo, shunday yutuqka erishishimizga zamonaviy texnologiyalar yordam bermasa, unga yetib borish deyarli mumkin bo‘lmasdi. Bu ish haqiqiy jamoaviy g‘alaba bo‘ldi.”

Mazkur voqea sun’iy intellekt imkoniyatlari inson hayotida qanday amaliy va muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor tasdiqladi. Shu bilan birga, dron texnologiyasi va inson aqli o‘rtasidagi samarali hamkorlik haqiqiy hayotni saqlab qolishga yoki muammoni yechishga qanday kuchli ta’sir ko‘rsata olishini namoyon etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sun’iy intellekt bedarak yo‘qolgan shifokor jasadini topishga yordam berdi