O‘zbekiston Prezidenti “Mehnat munosabatlari va kasbga tayyorlash tizimini takomillashtirish hamda ish beruvchilarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.
Unga ko‘ra, 2025 yil 1 sentyabrdan xizmat ko‘rsatish, qishloq xo‘jaligi va qurilish sohalarida faoliyat yurituvchi, xodimlar soni 50 nafargacha bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga Yagona milliy mehnat tizimida (YAMMT) Face ID orqali elektron mehnat shartnomalarini tuzish va bekor qilish imkoni beriladi.
Shuningdek, davlat mehnat inspektorlari tekshiruvlari haqida vakolatli organni oldindan xabardor qilish tartibi bekor qilindi. “Xavfni tahlil qilish” tizimi orqali aniqlangan holatlar bo‘yicha tekshiruv boshlanishidan 10 ish kuni oldin tadbirkorni ogohlantirish talabi ham endilikda mehnat inspeksiyasi tekshiruvlariga taalluqli emas.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!