Xitoyning Xox-Sil qo‘riqxonasida olimlar hayvonlarni kuzatish bo‘yicha noodatiy tajribani amalga oshirdi — ular haqiqiy antilopalar orasiga robot-hayvonni joylashtirdi, deb yozadi Pravilamag.
X30 modelidagi robot it bazasida yaratilgan “sun’iy antilopa” tashqi ko‘rinishidan haqiqiy qarindoshlaridan deyarli farq qilmaydi. Faqat yaqindan qaralganda, uning ko‘zlari ostiga o‘rnatilgan mayda kuzatuv kameralarini sezish mumkin. Shunga qaramay, jonivor Zonag ko‘li yaqinidagi 4,5 ming metr balandlikda joylashgan podaga bemalol qo‘shildi va boshqa antilopalarni cho‘chitmadi. Bu esa olimlarga yaqin masofadan sifatli tasvirlar olish imkonini berdi.
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, bunday usul avvalgi kuzatuv texnologiyalariga qaraganda ancha xavfsiz va samarali. Ilgari ular teleskop va dronlardan foydalanardi, biroq bu vositalar ko‘pincha hayvonlarni qo‘rqitib yuborardi. Robot esa uch kilometrga yaqin tog‘li hududni bemalol bosib o‘tib, antilopalarni bezovta qilmagan holda kuzatish imkonini berdi.