17:05 / 13.12.2016
5 523

EI internet-messenjerlarga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqchi

EI internet-messenjerlarga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqchi

EI hukumati internet orqali Skype va WhatsApp kabi muloqot qilish dasturlari va ilova foydalanuvchilarining shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligiga tegishli talablarni kuchaytirmoqchi. Bu haqda Kun.uz xabar bergan.

"EI ijro hukumati ayni damda aloqa operatorlari, internet orqali aloqa xizmatlarini taklif etayotgan kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniluvchi bir qator qoidalarni kengroq tatbiq etish niyatida", - deya ta’kidlaydi agentlik. Endilikda kompaniyalar foydalanuvchilar muloqoti maxfiyligiga kafolat berishlari kerak bo‘ladi.

Xabarlarga ko‘ra, bunday talablar aks etgan ma’lumotlar himoyasi to‘g‘risidagi hujjat 2018 yilda kuchga kiradi.

Bunday holat aloqa bozoridagi teng bo‘lmagan vaziyatdan norozi bo‘lgan telekommunikasiya kompaniyalari tomonidan murojaatlar bo‘lgach, yuz berdi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, EI rahbarlik organlariga muhokama uchun takliflar yanvar oyida rasman taqdim etiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » EI internet-messenjerlarga bo‘lgan talabni kuchaytirmoqchi