Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan yangi qarorga ko‘ra, ushbu mintaqada kriptovalyuta mayningini amalga oshirish uchun maxsus zona tashkil etilishi kerak. Bu qaror «Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida»gi prezident qarorida nazarda tutilgan.
Karorga asosan, 2025 yil sentyabriga qadar Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etish bo‘yicha qarori loyihasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi lozim. Mazkur hududda mayning faoliyati uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga ruxsat etiladi, bu esa atrof-muhitga ta’sirni minimallashtirish va energetika samaradorligini oshirish maqsadida kerakli tadbir hisoblanadi.
Maxsus mayning zonasiga elektr ta’minoti yagona tizimga ulangan bo‘lishi shart, bu holda maxsus tariflar qo‘llaniladi. Ya’ni, maxsus zonada mayning ishlash uchun elektr energiyasi zarur bo‘lganda, narxlar boshqa hududlardan farq qiladi. Ushbu qadam kriptovalyutani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun zamin yaratishga qaratilgan.
Qaror loyihasi 2025 yil noyabrida tegishli vazirlik va idoralar bilan kelishiladi va Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi. Bu yo‘nalishdagi ishlarni muvofiqlashtirish va rivojlantirish maqsadida qabul qilinadigan qarorlar mamlakat iqtisodiyotini yanada mustahkamlash va yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.
Mayning - kriptovalyutalarni, masalan, bitkoinni shaxsiy hisobga «olish» uchun bajariladigan ish bo‘lib, unga ro‘yxatdan o‘tgan shaxslarga maxsus ruxsatnoma beriladi. O‘zbekistonda mayning faoliyatini ruxsatnomasiz amalga oshirish taqiqlanadi.
Qoraqalpog‘istonda kriptovalyuta mayning uchun maxsus zona yaratilmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar