Rossiyada noqonuniy mayning uchun 5 yilgacha qamoq jazosi joriy etilishi mumkin

Rossiya Davlat Dumasi raqamli valyutalarning noqonuniy mayningi va mayning infratuzilmasi operatorlari faoliyati uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun loyihasini birinchi oʻqishda koʻrib chiqdi va qabul qildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Hujjatga koʻra, maxsus reyestrdan oʻtmasdan mayning bilan shugʻullanganlik, shuningdek, reyestrga kirmasdan turib mayning infratuzilmasi operatori xizmatlarini koʻrsatganlik uchun 1,5 million rublgacha jarima yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.
Agar ushbu harakatlar yirik miqdorda zarar yetkazilishiga yoki katta miqdorda daromad olinishiga olib kelsa, javobgarlik choralari yanada kuchaytiriladi. Jinoyat uyushgan guruh tomonidan sodir etilganda yoki oʻta yirik miqdorda zarar yetkazilganda, jazo muddati 5 yilgacha qamoqni tashkil etishi belgilangan.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 104.1-moddasiga oʻzgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Unga koʻra, mayning sohasidagi noqonuniy faoliyat uchun mol-mulkni musodara qilish imkoniyati kengaytiriladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!