Yangi Surface 3 plansheti o‘z-o‘zini zaryadlay olishi xabar berildi


Yaqinda Microsoft kompaniyasi yangi Surface 3 planshetini taqdim etdi. Unda anchagina qiziqarli funksiyalar mavjud, deb yozadi TechCrunch.
Shu jumladan, unda avvalgi Surface qurilmasida bo‘lgani kabi USB orqali zaryad olish imkoniyati mavjud. Biroq qizig‘i shundaki, Surface 3’ni USB-kabel orqali o‘z portiga ulab, zaryadlash mumkin. USB-kabel zaryadlash portiga ulanganida monitor burchagidagi batareya belgichasi zaryad olish jarayoni ketayotganini bildiruvchi holatga o‘tadi.
TechCrunch ushbu funksiyani sinovdan o‘tkazib, natijasini ma’lum qilmoqchi.
Manba: www.daryo.uz
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…