Google foydalanuvchilar xavfsizligini oshirish maqsadida messenjerlarda yangi funksiyalarni sinamoqda. Endi kontaktlarni QR kod orqali tekshirish mumkin, shunda siz, muloqot qilayotgan inson haqiqatan ham o‘sha shaxs ekanini bilib olasiz.
Shuningdek, Google Messages ilovasida "Sensitive Content Warnings" funksiyasi kengaytirilgan. U nojo‘ya tasvirlarni aniqlab, xiralashtiradi va foydalanuvchi xohlasa uni ko‘rishi yoki rad etishi mumkin. Bu funksiya yosh foydalanuvchilar va oilaviy nazorat uchun qulay.
Pixel 10 foydalanuvchilari rasmlarni AI yordamida matnli buyruqlar orqali tahrir qilishi yoki yangi elementlar qo‘shishi mumkin. Bu foto tahrirlash tajribasi kam foydalanuvchilar uchun qulaylik yaratadi.
Google bu funksiyalarni Android 9 va undan yangi versiyalarida sinovdan o‘tkazmoqda. QR kodli tekshirish, xavfsizlik ogohlantirishlari va AI asosidagi tasvir nazorati foydalanuvchilar muloqotini xavfsiz va ishonchli qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar