AI texnologiyasi saratonni davolashga yangi umid bermoqda

Oksford Universiteti olimlari saraton kasalligiga qarshi vaksinalarni ishlab chiqishda sun’iy intellekt superkompyuteridan foydalanmoqda.
“Dawn” superkompyuteri jamoaga 10,000 soat ishlash imkonini beradi. U bemorlar ma’lumotlarini tezkor tahlil qilib, ularning o‘zaro bog‘liqliklarini aniqlashga yordam beradi.
Tadqiqotchilar olingan natijalarni Oksford Neoantigen Atlasiga kiritib, Buyuk Britaniyada saraton vaksinalari tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlamoqchi.
Olimlarning umid qilinishicha, superkompyuter yordamida olingan natijalar nafaqat vaksinalarni tezroq yaratishga, balki kelajakda saraton va boshqa kasalliklarni davolash sohasida yangi imkoniyatlar ochishga yordam beradi.






























Izohlar 0
…