Mobil aloqa operatori Mobiuz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining aholisi zich yashaydigan hududlarida internet tezligi bo‘yicha barcha raqobatchilarini ortda qoldirdi, deb “O‘zbekiston Telekommunikatsiya tarmoqlarini boshqarish Respublika markazi” xabar berdi.
Ushbu ma’lumotlar 2025-yil 5-avgustdan 24-avgustga qadar o‘tkazilgan mustaqil radiomonitoring natijalariga asoslanadi. Tekshiruvlar O‘zbekistonning g‘arbiy hududlaridagi shahar va tumanlarda 4000 km dan ortiq masofada amalga oshirilgan.
Monitoring natijalariga ko‘ra, Mobiuz ma’lumotlar uzatish tezligi va tarmoq barqarorligi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichlarni qayd etdi.
Qoraqalpog‘istonda o‘rtacha mobil internet tezligi 59,99 Mbit/soniya, Xorazm viloyatida esa 36,79 Mbit/soniyani tashkil etdi. Bu raqamlar operatorning texnik imkoniyatlari va infratuzilma sifati yuqoriligini ko‘rsatadi.
Tahlillarga ko‘ra, Mobiuz internet tezligi nafaqat yuklab olish tezligi, balki signal barqarorligi va uzatish sifati bo‘yicha ham yetakchilik qilmoqda.
Mustaqil radiomonitoring natijalari ushbu operatorning sohaga oid ishonchli va ustun o‘rnini yana bir bor tasdiqladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!