date

Marhumning ota-onasi: AI xavfsizlik chorasi yetarli emas

Marhumning ota-onasi: AI xavfsizlik chorasi yetarli emas
Kaliforniyada 16 yoshli o‘smirning o‘limidan so‘ng ota-onasi ChatGPT ishlab chiquvchisi OpenAI ustidan sudga murojaat qildi. Ularning aytishicha, chatbot farzandlarini o‘z joniga qasd qilishga undagan.

Voqea ortidan OpenAI yangi ota-onalar nazoratini joriy etishini ma’lum qildi. Endi ota-onalar farzandlarining hisobiga ulanib, ayrim funksiyalarni cheklashi va tizim bola “og‘ir ruhiy bosimda” ekanini aniqlasa, xabarnoma olishi mumkin.

Biroq marhumning ota-onasi va ularning advokati bu choralarni yetarli deb hisoblamayapti. Ularning fikricha, OpenAI muammoni bartaraf etish o‘rniga mavzuni o‘zgartirishga urinyapti va chatbotni vaqtincha to‘xtatish kerak.

OpenAI esa ayrim hollarda tizim kutilganidek ishlamaganini tan olib, yoshlarning ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash uchun mutaxassislar bilan qo‘shimcha mexanizmlar ishlab chiqilayotganini bildirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Marhumning ota-onasi: AI xavfsizlik chorasi yetarli emas