Nihoyat! Instagram Apple planshetlari tarixida birinchi marta iPad uchun rasmiy ilovani ishga tushirdi. Kursiv.media xabar berishicha, endi iPad egalari moslashtirilgan versiyani App Store’dan bevosita yuklab olishlari mumkin.
Birinchi iPad chiqqanidan buyon to‘liq 15 yil o‘tdi va shu vaqt mobaynida Instagram faqat iPhone versiyasi bilan cheklangan edi. Foydalanuvchilar interfeysni kengaytirishga yoki brauzer orqali saytni ochishga majbur bo‘lishardi.
Endi esa ilova katta ekranlarga to‘liq moslashtirildi. Lenta va shaxsiy xabarlar chap tomonda, izohlar esa o‘ng tomonda joylashgan. Bu navigatsiyani ancha qulayroq qiladi.
Ishlab chiquvchilar Reels’ga alohida e’tibor qaratishdi - endi ilovani ishga tushirganda dastlab qisqa videolar bo‘limi ochiladi. Bunday yondashuv auditoriyaning tendensiyalari va kutilmalariga mos keladi.
Ilova iPadOS 15.1 va undan yuqori versiyali qurilmalarda mavjud. Apple planshetlarining ommaviyligi hisobga olinsa, Instagram ulkan auditoriyaga qarab katta qadam tashladi, deyish mumkin. Siz yangi versiyani sinab ko‘rdingizmi?
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar