date

Applening yangi iPhone 17 seriyasi dunyo bozoriga chiqmoqda

Applening yangi iPhone 17 seriyasi dunyo bozoriga chiqmoqda

Apple kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan navbatdagi yangi avlod smartfonlari – iPhone 17 seriyasi jahon bozoriga chiqish arafasida turibdi. Bu jarayonda Xitoyning ishlab chiqarish salohiyati yana bir bor hal qiluvchi omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu haqda mahalliy “Sinxua” agentligi xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Chjenchjou shahrida joylashgan Foxconn zavodi iPhone yig‘ishning asosiy markazi hisoblanadi. U dunyodagi eng yirik ishlab chiqarish maydonlaridan biri bo‘lib, Xitoyning elektron sanoatdagi global nufuzini yanada mustahkamlab kelmoqda.

Ayni paytda zavod to‘liq quvvat bilan ishlamoqda. Korxona rahbariyatining ta’kidlashicha, jahon bozoridagi yuqori talabni qondirish uchun ishchi kuchini oshirish choralari ko‘rilmoqda. Xususan, zavod ishga qabul qilish markazi oldida har kuni minglab nomzodlar uzun navbatda turishi kuzatilmoqda.

Foxconn kadrlar bo‘limi rahbariyatining qayd etishicha, iyul oyi oxiridan beri zavod har kuni minglab ishchilarni qabul qilmoqda va bu holat sentyabr oxiriga qadar davom etishi mumkin.

Zavodda ishlab chiqarishning eng yuqori bosqichlarida o‘n minglab vaqtinchalik ishchilar mehnat qiladi. Ular yig‘ish, sifat nazorati va qadoqlash ishlariga jalb etiladi.

Mahalliy ishchilardan biri – Xenan provinsiyasida yashovchi Chjao Yanxueyning so‘zlariga ko‘ra, uch oylik mehnat natijasida u va turmush o‘rtog‘i 40 ming yuandan (tahminan 5 600 dollar) ko‘proq daromad olishlari mumkin. Bu esa mintaqadagi o‘rtacha maoshdan ancha yuqori hisoblanadi.

Chjenchjou shahri ayni paytda xalqaro transport markaziga aylandi. Bu yerda 8 ta yirik yuk havo yo‘nalishlari ishlaydi, ular orqali Yevropa, Amerika va Osiyoning 24 mamlakatidagi 100 dan ziyod shaharlar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa o‘rnatilgan. Yangilangan iPhone seriyasi jo‘natmalari butun dunyoga havo, temir yo‘l va avtomobil orqali tarqatiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Applening yangi iPhone 17 seriyasi dunyo bozoriga chiqmoqda