Facebook ijtimoiy tarmog‘i WhatsApp messenjerini sotib olish bo‘yicha bitimning ko‘rib chiqilishida noto‘g‘ri axborot taqdim qilgan bo‘lishi mumkin, deb yozmoqda Kun.uz sayti xabarida. Evrokomissiya bu masala bo‘yicha o‘z e’tirozlarini kompaniyaga yubordi.
"Facebook’da 2017 yil 31 yanvargacha bizning dastlabki xavotirlarimizga javob berish uchun vaqt bor", deb aytdi jurnalistlarga EKning matbuot xizmati vakili.
Uning aytishicha, agar xavotirlar tasdiqlansa, kompaniya jarimaga tortilishi mumkin.
EKning fikricha, Facebook EK tomonidan WhatsApp sotib olinishi bo‘yicha bitimni ko‘rib chiqayotganda "noto‘g‘ri yoki chalg‘ituvchi ma’lumotni taqdim qilgan" bo‘lishi mumkin.
2014 yil oktyabrda Facebook WhatsApp’ni 19 mlrd dollarga sotib olgan. EK bu bitimga ruxsat bergan. Komissiyaning ta’kidlashicha, joriy tergov EKning messenjerni sotib olish bo‘yicha qaroriga ta’sir qilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi