
Raqobat qo‘mitasi axborot xizmati tarqatgan bayonotga ko‘ra, 1FIT MCHJga nisbatan reklama qonunchiligi talablari buzilgani uchun moliyaviy jarima qo‘llandi.
Ma’lumotlarda aytilishicha, qo‘mita tomonidan amalga oshirilgan monitoring jarayonida kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan reklama roliklari va bannerlarida haqiqatdan ortiq, bo‘rtib ko‘rsatuvchi ma’nolarga yo‘l qo‘yilgani aniqlangan.
“Reklama to‘g‘risida”gi qonun normalariga ko‘ra, ortiqcha bo‘rtib ko‘rsatish, bila turib noto‘g‘ri ma’lumot berish yoki insofsiz reklama sifatida baholanadi. Shu bois, qo‘mita huzuridagi maxsus komissiya tomonidan 1FITga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, moliyaviy jazo chorasi belgilash haqida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, kompaniyaga qonun buzilishini bartaraf etish va kelgusida shunga o‘xshash holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan rasmiy ko‘rsatma berildi.
Ma’lum qilinishicha, agar tomon komissiya qarori bilan rozi bo‘lmasa, u holda Raqobat qo‘mitasi huzuridagi Apellyatsiya kengashiga yoki sud tartibida shikoyat qilish huquqiga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar