Google katta yangilanishni taqdim etdi, bu yangilanish Google Home ilovasini Gemini for Home uchun moslashtirishga qaratilgan, deb yozmoqda Rozetked nashri. Ilovaning interfeysi yanada oddiyroq va qulayroq bo'ldi, Nest bilan integratsiya yaxshilandi, shuningdek, tabiiy tilda boshqarish va sun'iy intellekt asosida yangilanishlar qo'shildi.
Endi ilova uchta asosiy bo'limga bo'linadi: Home, Activity va Automations. "Ask Home" deb nomlangan yangi muloqot interfeysi orqali foydalanuvchilar o'z uyidagi qurilmalarni tabiiy til yordamida boshqarishlari mumkin. Masalan, foydalanuvchi "Kim xona ichida edi?" deb so'rashi mumkin va sun'iy intellekt bu savolga javob beradi. Shuningdek, yangi "Home Brief" funksiyasi har kuni asosiy voqealar haqida xulosa beradi.
Lekin barcha yangi funktsiyalar, jumladan "Ask Home" va "Home Brief", faqat pullik obuna (Home Premium) bilan ishlaydi, uning narxi oylik 10 dollar (~121 000 so'm) dan boshlanadi.q
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!