date

Microsoft Copilot’ga insonsimon avatarlar qo‘shdi

Microsoft Copilot’ga insonsimon avatarlar qo‘shdi

Microsoft o‘zining Windows 11 tizimidagi Copilot yordamchisiga yangi funksiya — “Portretlar”ni qo‘shdi, deb Rozetked xabar berdi. Bu funksiya Copilot Labs bo‘limida joylashgan bo‘lib, 40 ta stilizatsiyalangan avatarni o‘z ichiga oladi.

Avatarlar orqali Copilot real vaqtli ovozli suhbat davomida “tabiiy harakatlanib”, foydalanuvchi bilan yanada samarali muloqot qiladi. Yangilanish sun’iy intellekt bilan munosabatni inson uchun tushunarli va qulayroq qilishga qaratilgan.

Microsoft’ning aytishicha, har bir portret insonsimon, lekin fotorrealistik emas. Bu turli vizual ko‘rinishlarni taklif qiladi va ishonchli Copilot funksiyalarini saqlab qoladi. Hozircha funksiyadan faqat AQSh, Buyuk Britaniya va Kanada foydalanuvchilari foydalanmoqda. Avaratlardan foydalanish uchun foydalanuvchi 18 yoshdan katta bo‘lishi kerak.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft Copilot’ga insonsimon avatarlar qo‘shdi