date

Firefox’da yangi funksiya: profillar yaratish imkoni paydo bo‘ladi

Firefox’da yangi funksiya: profillar yaratish imkoni paydo bo‘ladi

Mozilla o‘zining Firefox brauzerida yangi imkoniyat — profillar yaratish funksiyasini joriy qilmoqda. Bu funksiya foydalanuvchilarga ish, shaxsiy hayot yoki boshqa faoliyat uchun alohida internet muhit yaratish imkonini beradi, deb yozmoqda Rozetked.me sayti.

Firefox avvaldan «Konteynerlar» kengaytmasi orqali sayt tarixini va cookie ma’lumotlarini ajrata olardi. Masalan, bu orqali bir vaqtning o‘zida turli akkauntlar bilan bir xil ijtimoiy tarmoqqa kirish mumkin bo‘lardi.

Endi esa profillar har bir faoliyat uchun alohida brauzer oynasi yaratishga imkon beradi. Har bir profilga alohida avatar, rang va mavzular belgilanadi — bu profillarni farqlashni osonlashtiradi.

Har bir profilda o‘zining cookie va tarix ma’lumotlari saqlanadi, ular boshqa profillar bilan almashilmaydi.

The Verge nashri ta’kidlashicha, Firefox’dagi profillar funksiyasi Chrome’dagisiga o‘xshash, biroq bir nechta elektron pochta hisobi yaratishni talab qilmaydi.

Mozilla vakillari ta’kidlashicha:

“Internetdagi turli rollaringizni aniq ajratish orqali siz miya energiyasini tejaysiz va kutilmagan vaziyatlardan — masalan, dam olish rejalari ish prezentatsiyasida paydo bo‘lishidan — qochasiz.”

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Firefox’da yangi funksiya: profillar yaratish imkoni paydo bo‘ladi