date

Pavel Durov: “Erkin internetni yo‘qotmasligimiz kerak”

Pavel Durov: “Erkin internetni yo‘qotmasligimiz kerak”

Telegram asoschisi Pavel Durov o‘z tug‘ilgan kuni munosabati bilan internet erkinligiga bag‘ishlangan murojaat e’lon qildi. Uning ta’kidlashicha, bir vaqtlar axborot almashish va fikr erkinligining ramzi bo‘lgan internet hozirda tobora ko‘proq nazorat vositasiga aylanib bormoqda.

«Bizda otalarimiz yaratgan erkin internetni saqlab qolish uchun juda oz vaqt qoldi», — dedi Durov o‘z bayonotida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya, Buyuk Britaniya va Fransiya kabi ilgari erkinlik namunasi bo‘lgan davlatlar bugungi kunda “antiutopik choralar”ni joriy etmoqda. Shu bilan birga, u Rossiya haqida hech qanday fikr bildirmadi.

«Bizning avlod o‘z erkinliklariga ega bo‘lgan, ammo ularni saqlab qololmagan so‘nggi avlod sifatida tarixda qolish xavfi bor. Shuning uchun bugun bayram qilishni istamayman. Mening vaqtim tugayapti. Bizning vaqtimiz tugayapti», — dedi u.

Ma’lumot uchun, Pavel Durov hozirda Fransiyada tergov ostida. Fransiya hukumati uni rasmiy so‘rovlarga javob bermaganlik va xakerlik dasturlarining tarqalishiga ko‘maklashishda ayblamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Pavel Durov: “Erkin internetni yo‘qotmasligimiz kerak”