Olimlar yangi tadqiqot orqali qiziqarli xulosaga kelishdi — sun’iy intellekt past sifatli kontent bilan “oziqlanganda”, uning fikrlash va axloqiy qobiliyati sezilarli darajada pasayar ekan. Bu haqda Wired nashri ma’lum qildi.
Ostindagi Texas universiteti, Texas A&M hamda Perdyu universiteti mutaxassislari ikki xil neyron tarmoqni o‘rgatib, ularning natijasini solishtirishdi. Birinchi model ijtimoiy tarmoqlardagi ommabop postlar — qisqa videolar, breynrotlar va shov-shuvli kontent asosida o‘qitildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, shunday “past sifatli ozuqa” bilan o‘qitilgan AIning kognitiv qobiliyati pasaydi. Uning mulohaza yuritish darajasi yomonlashdi, axloqiy yondashuvi zaiflashdi va hatto “psixopat”ga xos belgilar namoyon bo‘ldi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu holatni keyinchalik qayta o‘qitish orqali to‘liq bartaraf etish juda murakkab. Singapur Milliy universiteti dotsenti Junyuan Xongning so‘zlariga ko‘ra, “miyaning chirishi” boshlanganidan so‘ng, keyingi sof ta’lim ham uni to‘liq tiklay olmaydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!