20:30 / 30.12.2016
6 379

Facebook ilovasi yilning eng ommabop ilovalari reytingini boshqarmoqda

Facebook ilovasi yilning eng ommabop ilovalari reytingini boshqarmoqda

Nielsen analitika kompaniyasi o‘tkazgan tahlillarga asosan Facebook va Google yilning eng ommabop i ilovalari deb topildi, deb xabar bermoqda Terabayt.uz sayti.

Reytingning birinchi pog‘onasidan oylik 146 mln takrorlanmaydigan yuklanishlar miqdorini qayd etgan rasmiy Facebook ilovasi o‘rin olgan. Bu esa o‘tgan yilgi natijadan 14 foizga yuqoridir. Ikkinchi o‘rinni esa 130 mln takrorlanmaydigan yuklanishlar bilan Facebook Messenger band qilgan. Kuchli uchlikka 114 mln yuklanish bilan YouTube ilovasi yakun yasagan. Shuningdek, Facebook kompaniyasiga qarashli Instagram ilovasi ham kuchli o‘nlikdan joy oldi.

Facebook jahondagi eng yirik ijtimoiy tarmoq bo‘lgani sababli uning ilovasi ham ko‘p odamlar tomonidan ishlatiladi. Google ilovalari esa Android dasturidagi qurilmalarga o‘rnatilgan bo‘ladi.

Kuchli o‘nlikka Apple Music va Amazon‘ning rasmiy ilovasi ham qiritildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Facebook ilovasi yilning eng ommabop ilovalari reytingini boshqarmoqda