22:09 / 17.04.2015
8 285

Tokioda ayol qiyofasidagi sotuvchi robot xizmat ko‘rsata boshladi

Tokioda ayol qiyofasidagi sotuvchi robot xizmat ko‘rsata boshladi

Tokio shahridagi Mitsukoshi univermagida Toshiba kompaniyasi tomonidan yaratilgan, ayol kishi qiyofasidagi robot-sotuvchi mijozlarga xizmat qilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal nashri'ga asoslanib Kun.uz xabar bermoqda.

Robotni yaratuvchilar unga Aiko Chixira deb nom berishgan.

Ushbu robot xaridorlar bilan so‘zlashuv vaqtida yuzida turlicha ifodalarni aks ettira olishi mumkin. U xaridorlar bilan yapon tilida, maxsus dastur orqali yukalangan so‘zlardan foydalanib gaplasha oladi, lekin barcha savollarga javob bera olmaydi.

Nashrning qayd etishicha, bungacha ham Yaponiyadagi bir qancha tashkilotlarda gapiruvchi robotlar o‘rnatilgan edi, masalan Tokiodagi Bank of Tokyo Mitsubishi UFJ bankida shunday robot mavjud, lekin haligacha hech qaysi robot ko‘rinishi va vazifa bajara olishi jihatidan Chixira kabi insonga yaqinroq kelmagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Tokioda ayol qiyofasidagi sotuvchi robot xizmat ko‘rsata boshladi