Apple yana jahonning eng innovasion kompaniyasi deb topildi. Reyting Boston Consulting nomli xalqaro konsalting agentligi tomonidan tuzilgan, deb yozmoqda Terabayt sayti.
Tadqiqot jarayonida turli sohalardagi 1500 nafardan ortiq kompaniya boshqaruvchilari orasida so‘rov o‘tkazilgan. Reyting 2004 yildan beri yuritiladi, Apple 2005 yildan buyon ushbu reytingda peshqadamlikni hech kimga bermay kelmoqda.
Google va Tesla 2016 yilning eng innovasion kompaniyalari reytingida kuchli uchlikdan joy olgan. Microsoft esa 4-pog‘onani band qildi. Reytingda Facebook to‘qqizinchi, Samsung ettinchi, Amazon beshinchi, Toyota sakkizinchi o‘rinda kelmoqda.
Reytingga hammasi bo‘lib 50 ta kompaniya kiritilgan, 2016 yilda shulardan 34 tasi AQSh, 10 tasi Evropa va 6 tasi Osiyo kompaniyalari hissasi to‘g‘ri keldi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi