
GSMA Intelligence tashkilotining 2016 yilning to‘rtinchi choragi uchun taqdim qilgan ma’lumotlarida qayd etilishicha, hozirda dunyoda jami 4,8 milliard foydalanuvchi mobil internetdan foydalanadi, ularning uchdan ikki qismi esa pre-paid aloqa tariflarini ishlatadigan abonentlardir, deb yozadi Kun.uz sayti.
Shu bilan birga, o‘tgan yilning so‘nggi choragida mobil internet yo‘nalishida muhim o‘zgarish sodir bo‘ldi: internetga ulanish bo‘yicha ilk marta smartfonlar oddiy telefonlardan ortiq natijani qayd etgan.
Hozirda 4G tarmog‘idan jahondagi jami abonentlarning 22 foizi foydalanmoqda, bunday standartdagi qoplam bilan esa 59% aholi ta’minlangan. (2015 yilda bu ko‘rsatkich 48 foizni tashkil qilgan). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar