date

«Apple» kompaniyasi qulayotgan «iPhone»ni himoyalash uchun yangi patent oldi

«Apple» kompaniyasi qulayotgan «iPhone»ni himoyalash uchun yangi patent oldi

«Apple» kompaniyasi «Elektron qurilmalarning himoya mexanizmi» uchun patent oldi. AQSh № 8903519 patenti rasman «Apple» kompaniyasiga berildi. Bu haqida «lenta.ru»ga asoslanib «Kun.uz» xabar berdi.

Yangi texnologiya smartfon erga qulayotgan vaqtida qurilma erga qaysi qismi bilan borib urilishini aniqlaydi. So‘ngra qurilmaning og‘irlik markazini o‘zgartirib, smartfonning ekran va kamera kabi nozik qismlariga shikast etmasligini ta’minlaydi.

Patentda yozilgan so‘zlardan kelib chiqib, «Apple» tomonidan ishlab chiqarilayotgan yangi texnologiya akselometr, giroskop va boshqa sensorlarning yordamida ishlashi taxmin qilinmoqda. Mutaxassislarning fikricha, bunday himoya mexanizmi qulayotgan qurilmaning holatini o‘zgartirishga yordam beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » «Apple» kompaniyasi qulayotgan «iPhone»ni himoyalash uchun yangi patent oldi