Ispaniya huquq-tartibot idoralari Interpol va AQSh Federal qidiruv byurosi so‘rovi bilan rossiyalik dasturchi Stanislav Lisovni hibsga olishdi. Bu haqda RT telekanaliga asoslanib Kun.uz xabar qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Lisov Taganrogda dasturchi bo‘lib ishlaydi, u saytlarni qo‘llab-quvvatlash va barpo qilish bilan shug‘ullanadi. Er-xotin Ispaniyaga dam olish uchun kelgan bo‘lgan.
«Biz ijaraga olingan mashinani topshirib, Lionga uchish uchun Barselona aeroportiga kelganimizda, bizni to‘xtatishdi. Avtomobildan chiqqanimizda, ikki nafar polisiyachi kelib, erimni hibsga olishlarini aytishdi hamda telefon, planshet va noutbukni tekshira boshlashdi», — degan Darya Lisova.
Ispaniya polisiyasi Lisovni FQB va Interpol so‘rovi bilan qo‘lga olganini ma’lum qilgan.
Lisovga hech qanday ayblov e’lon qilinmagan. Ayni vaqtda, rossiyalik dasturchi Kataloniyaning Brians qamoqxonasida saqlanmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
"Manchester Siti" futbolchisi Gvardiola haqida bor haqiqatlarni aytdi
Umarali Rahmonaliyev: "Butun O‘zbekiston xalqidan ming bor uzr so‘rayman"
Shomurodov navbatdagi uchrashuvda antiqa rekord o‘rnatadi
O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlarining "S" guruhidan joy oldi
Yevro-2024 uchun qaydnomadagi futbolchilar soni 23 dan 26 nafarga oshirildi
Abbosbek Fayzullayev “kashfiyotlar” qatorida
Kapadze Parij-2024 haqida: «Shomurodovni chaqirishni iloji bo‘lsa, nega bundan foydalanmasligim kerak?»
Jasur Jaloliddinov: "Finalda kuchli jamoa yutqazdi"